Sog’ tanda sog’lom aql
22.02.2024 2024-02-23 12:07Sog’ tanda sog’lom aql
Joriy yilning 22-fevral kuni Buxoro viloyati sog’liqni saqlash boshqarmasi sport zalida Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo’yicha “Talabalar ligasi” sport musoboqalarining viloyat bosqichi tashkil etildi. Ushbu musobaqada Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari jamoasi faxrli 3-o’rinni egalladi.
G’oliblikni qo’lga kiritgan talabalarga viloyat ma’muriyati tomonidan Diplom va estalik sovg’alari topshirildi.