BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Sport tadbirlari

Sport-salomatlik garovi: Institut jamoasi marafonda ishtirok etdi

Institut jamoasi marafonda ishtirok etdi 4

Sport-salomatlik garovi: Institut jamoasi marafonda ishtirok etdi

Bugun “Kohna va boqiy Buxoro” majmuasida viloyat hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan, sport marafonida, Abu ali ibn Sino nomidagi buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Bu sohada erishilayotgan yutuqlar esa mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g‘urur-iftixor bag‘ishlaydi.
Prezidentimiz har doim aholini davolashdan ko‘ra, sog‘lom turmush tarziga jalb qilish orqali kasallikka chalinishining oldini olish afzal ekani haqida qayg‘urib bu borada tegishli Farmon Qarorlari qabul qilindi va ijroga yo‘naltirildi.

Bugungi kunda eng asosiy va dolzarb vazifalarimizdan sanalgan xalqimiz orasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ibot qilib, salomatliklarini mustahkamlashga xissa qo‘shish xar birimizning burchimizdir.