Sport sog’lik garovi
10.02.2024 2024-02-12 10:34Sport sog’lik garovi
Buxoroda davlatimiz rahbarining videoselektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda aholi orasida ortiqcha vazndan voz kechish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida amaliy harakatlar boshlab yuborildi.


Bugun erta tongdan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor fan o’qituvchilari hamda tyutorlari tashabbusi bilan “Sog’ tanda sog’lom aql” shiori ostida Ko’hna va Boqiy Buxoro majmuasida ertalabki badantarbiya mashg’ulotlarini bajarishdi.

