BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Sport sog’lik garovi

Sport sog'lik garovi 1

Sport sog’lik garovi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xotin-qizlari o’rtasida salomatlik targ’iboti bo’yicha ertalabki sport mashg’ulotlari tashkil etildi. Tadbirda professor o’qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Sportning hayotimizda tutgan o‘rni beqiyosdir. U insonning ruhan va jismonan yetuk bo‘lishida katta ahamiyat kasb etadi. Sport bilan muntazam shug‘ullanish uzoq umr ko‘rishning eng oddiy yo‘lidir.

Kishi sport bilan shug‘ullanganida organizmi yaxshi chiniqadi, muskullari tez charchamaydi. Chiniqqan odamning nerv-endokrin, yurak-qon tomir, nafas olish va boshqa hayotiy muhim a’zolari hamda to‘qimalarining ish faoliyati ortadi. Sport mashg‘ulotlari odam tanasidagi to‘qimalarning tez yangilanishi, uning yosh, sog‘lom va tetik saqlanishiga sabab bo‘ladi.