SSV: So‘rovnoma g‘oliblari taqdirlandi
07.01.2026 2026-01-08 9:57SSV: So‘rovnoma g‘oliblari taqdirlandi
✅ Prezidentimiz o‘tgan yil 10-noyabr kuni tibbiyot va farmatsevtika xodimlari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda sog‘liqni saqlash sohasida xalq fikri va bahosini eshitadigan tizim joriy etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar bergan edi.
📊 Mazkur topshiriqlardan kelib chiqib, Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida “2025 yilning eng namunali sog‘liqni saqlash hududiy organi” hamda “2025 yilning eng namunali tibbiyot oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyalari bo‘yicha so‘rovnomalar e’lon qilindi.

📋 Ushbu so‘rovnomalarda jami 250 ming nafar fuqaro ishtirok etdi va jamoatchilik bahosi asosida g‘oliblar aniqlandi.
🏆 “2025 yilning eng namunali sog‘liqni saqlash hududiy organi” nominatsiyasida Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi 1-o‘rinni, Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi 2-o‘rinni, Namangan viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi 3-o‘rinni egalladi.

🥇 “2025 yilning eng namunali tibbiyot oliy ta’lim muassasasi” nominatsiyasida Andijon davlat tibbiyot instituti 1-o‘rin, Buxoro davlat tibbiyot instituti 2-o‘rin va Toshkent davlat tibbiyot universiteti 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
📌 Bugun Sog‘liqni saqlash vaziri A. Xudayarov rahbarligida eng ko‘p ovoz to‘plagan hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmalari rahbarlari va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari rektorlariga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.