“Tafakkur va talqin” mavzusidagi respublika miqyosidagi anjuman bo’lib o’tdi
17.05.2023 2023-05-19 10:25“Tafakkur va talqin” mavzusidagi respublika miqyosidagi anjuman bo’lib o’tdi
Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 118-son buyrugʻiga asosan magistrlarning “Tafakkur va talqin” mavzusidagi respublika miqyosidagi anjuman bo’lib o’tdi. Unda mamlakatimizning barcha hududlaridan olimlar, tadqiqotchilar, professor-o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik aloqalari prorektori Laziz Niyozov ham o’z ma’ruza nutqi bilan ishtirok etdi.

” – OTMlararo va fanlararo tadqiqotlar o‘tkazish bugungi kun ilm-fanning asosiy dolzarb masalasidir. Bu masala so‘nngi 10 yillik kashfiyoti emas, albatta. O‘tgan asrning ko‘plab yirik tadqiqotchilari fanlarning tabaqalanishi muqarra ravishda ularning integrasiyasiga olib kelishini aytishgan. Misol tariqasida Ananiyev: ilmiy bilimlar borliqning umumiy qonuniyatlariga qanchalik ko‘p kirib borsa, moddiy olam birligining tasviri shunchalik ravshanroq namoyon bo‘ladi va ular soni ko‘payadi, turdosh fanlar ortadi,-” dedi o’z Ma’ruzasida L.Niyozov.

Ma’ruzachi o’z taqdmotida keltirgan masalalar, Ilm-fan rivojlanishining yangi tendensiyasi haqidagi fikr mulohazalari yig’ilganlarga manzur bo’ldi.