BuxDTI matbuot xizmati Sport tadbirlari Talabalar hayoti

​“TALABA YUGUR” MARAFONI: G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI!

b8e9f0a4-05df-45bb-a0fe-d86129421f83

​“TALABA YUGUR” MARAFONI: G‘OLIBLAR TAQDIRLANDI!

Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Talaba yugur” marafonining bahorgi mavsumi o‘zining faol va iqtidorli ishtirokchilarini birlashtirdi.
​Marafonning bahorgi mavsumida yuqori natijalarni qayd etgan g‘olib va sovrindorlar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularga munosib ravishda vaucherlar topshirildi.

​G‘oliblarni samimiy muborakbod etib, kelgusidagi musobaqalarda ham ularga yangi marralar va ulkan zafarlar tilaymiz!

​Sport — salomatlik garovi!
Yugur — sog‘lom hayot sari!

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati