Talabalar uchun stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil qilinadi
22.05.2023 2023-05-26 14:43Talabalar uchun stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil qilinadi

Talabalar uchun stipendiya to‘lanadigan o‘quv kurslari tashkil qilinadi
Hukumat qaroriga ko‘ra , har oy to‘lanadigan stipendiya miqdori — 1 million 320 ming so‘m (BHMning to‘rt barabari).
O‘quv kurslarining yo‘nalishlari:
• axborot texnologiyalaridan va kommunikasiyalardan foydalanish (boshlang‘ich);
• matematik statistika;
• algoritmlash asoslari;
• ma’lumotlarni qayta ishlash;
• dasturlash tillari (Phyton);
• ingliz tili;
• qaror qabul qilish asoslari.
Ushbu kurslarda o‘qish uchun tanlovning birinchi yilida davlat OTMlarining bakalavriat bosqichida (barcha ta’lim shakli bo‘yicha) 2-kursni muvaffaqiyatli tamomlagan (akademik qarzdorligi bo‘lmagan) talabalari ishtirok etishlari mumkin.
O‘quv kurslariga qabul qilingan talabalar (tinglovchilar) — turar joy bilan ta’minlanadi yoki asosiy o‘qish joyi bo‘lgan hududlardagi davlat OTMlari tomonidan belgilangan tartibda ijara to‘lovlarining bir qismi qoplab beriladi.
Shu bilan birga, o‘qishi davomida bir mahal issiq ovqat; ta’lim olish muddatiga zarur kompyuter jihozlari (noutbuk va boshqalar) beriladi.