Talabalar va mahalla yoshlari o‘rtasida sport tadbiri
27.10.2022 2022-10-31 14:49Talabalar va mahalla yoshlari o‘rtasida sport tadbiri
Talabalar va mahalla yoshlari o‘rtasida sport tadbiri
Kecha Buxoro davlat tibbiyot instituti Yoshlar masalalari va ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi hamda Davolash fakulteti mas’ullari ishtirokida fakultet talaba yoshlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni sportga jalb etish va fakultetga biriktirilgan Buxoro shahridagi “Behishtiyon” mahalla yoshlarini jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishlarini shakllantirish maqsadida hududdagi 17-sonli umumta’lim maktabi sport zalida volleybol va shaxmat-shashka musobaqalari tashkil etildi.
Tadbirni BuxDTI yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Zubayda Baxranova kirish so‘zi bilanochib, yoshlarni sportga jalb etish ularning salomatligini ta’minlashga, yaxshi o‘qishlariga va do‘stlik rishtalari yanada keng tarqalishiga xizmat qilishini e’tirof etdi. Barcha ishtirokchi yoshlarni tadbirda faol ishtirok etayotganlari bilan tabrikladi.
Institutning davolash fakulteti talabalari va mahalla yoshlari o‘rtasida volleybol va shaxmat – shashka musobaqalari qizg‘in ruhda o‘tdi. Jamoalar katta ishtiyoq bilan bellashishdi. Musobaqa do‘stlik va sport bilan shug‘ullanishda bir vosita bo‘lib, yoshlar o‘rtasida salomatlikni targ‘ib etishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida davolash fakulteti dekan muovinlari, mahalladagi yoshlar yetakchisi, tyutorlari va jismoniy madaniyat kursi professor-o‘qituvchilari musobaqalarda g‘olib deb topilgan ishtirokchilarni institutning faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi.