Talabalar xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini muvafaqiyatli himoya qilmoqda
28.04.2023 2023-04-29 10:46Talabalar xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini muvafaqiyatli himoya qilmoqda

Talabalar xalqaro olimpiadada yurtimiz sharafini muvafaqiyatli himoya qilmoqda
Abu Ali ibn Sino nomi berilgan Buxoro davlat tibbiyot institutining iqtidorli talabalari yurtimiz va jahon qan olimpiadalarida munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etib kelayotgani barchamizni quvontiradi.

Kuni kecha Qozog‘iston Respublikasining S.D.Asfandiyarov nomidagi milliy tibbiyot universitetida fanlararo talabalar xalkaro olimpiadasi “Farmakologiya” fanidan iqtidorli talabalarimiz faxrli uchinchi o‘rinni egallashdi. Ta’kidlash joizki, mazkur xalqaro olimpiadada dunyoning 10ta davlatidan 800dan ortiq talabalar ishtirok etishdi.
Bugun g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalarni institut rektori, professor Shuxrat Teshaev qabul qilib, ularni muborakbod etdi. O‘z navbatida rektor talabalarga bu yutuqlar bilan chegaralanib qolmasdan, bundanda yuksak marralarni egallash yo‘lida tinimsiz izlanib, ilm olishdan to‘xtamaslikni ta’kidladi.
