TALABALARGA A’ZOLIK BILETLARI TOPSHIRILDI
07.10.2026 2026-10-07 10:38TALABALARGA A’ZOLIK BILETLARI TOPSHIRILDI
“Ko‘hna va boqiy Buxoro” majmuasidagi Musiqali drama teatrida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat Kengashi rahbariyati hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida partiya viloyat Kengashi rahbariyati tomonidan institutning bir guruh talabalariga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a’zolik biletlari tantanali ravishda topshirildi.




Muloqotda yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faol ishtirok etish hamda mamlakat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Talabalar kelgusida siyosiy va ijtimoiy jarayonlarda faol ishtirok etishga, o‘z tashabbuslari va bilimlari bilan jamiyat rivojiga hissa qo‘shishga chaqirildi.
Uchrashuv ochiq muloqot va fikr almashish ruhida o‘tdi.



Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati