Talabalarga ta’lim grantlari qayta taqsimlanadi: endi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi asosiy mezon bo‘ladi
21.04.2025 2025-04-21 12:07Talabalarga ta’lim grantlari qayta taqsimlanadi: endi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi asosiy mezon bo‘ladi

Talabalarga ta’lim grantlari qayta taqsimlanadi: endi o‘zlashtirish ko‘rsatkichi asosiy mezon bo‘ladi
2025-yil 10-mart kuni Vazirlar Mahkamasining 149-sonli qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom” tasdiqlandi. Unga muvofiq, oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida ta’lim olish imkoniyatlari yanada adolatli va rag‘batlantiruvchi mezonlar asosida taqsimlanadi.
Endilikda ikkinchi va undan yuqori kurslarda tahsil olayotgan, o‘zlashtirish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan, ijtimoiy jihatdan faol talabalar uchun ta’lim grantlari to‘liq yoki to‘liq bo‘lmagan shaklda ajratiladi. Bu esa, nafaqat bilimli, balki ijtimoiy hayotda faol bo‘lgan yoshlarni ham rag‘batlantirishga xizmat qiladi.
Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarida davlat granti kvotalarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash amaliyoti joriy etildi. Bunda talabalar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy adolat tamoyillarini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Mazkur tartib talabalarning doimiy ravishda bilimga intilishi, universitet hayotida faol ishtirok etishini kuchaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.