BuxDTI matbuot xizmati

Talabalarimiz xalqaro olimpiadada g’olib bo’lishdi

photo_2023-10-30_11-43-16

Talabalarimiz xalqaro olimpiadada g’olib bo’lishdi

Shu kunlarda Qirg’iziston Respublikasi poytaxti Bishkek shahrida Xalqaro oliy tibbiyot maktabining 20 yilligi munosabati bilan Morfologiya fani bo’yicha Xalqaro talabalar olimpiadasi o’tkazildi.
Mazkur olimpiadada mamlakatimiz vakillaridan tashqari dunyoning ko’plab davlatlari, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Pokiston, Qozog’izton kabi davlatlardan ko’plab jamoalar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, bellashuvda ishtirok etgan talabalarimiz faxrli birinchi o’rinni egallashdi. Tashkilotchilar tomonidan g’olib talabalar hamda ularning murabbiysi Gavhar Jarilkasinova hamda Feruza Karimova tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Ayniqsa, Buxoro davlat tibbiyot institutning o’quv ishlari prorektori Gavhar Jarilkasinovaning mehnati va ilmiy salohiyati e’tirof etilib, mazkur oliy ta’lim muassasasininf “faxriy professori” unvoni bilan taqdirlandi.

Shuningdek, Qirg’izistonda bo’lib o’tayotgan olimpiada doirasida xalqaro hamkorlik aloqalari ham chetda qolmadi. Prorektor G.Jarilkasinova Xitoyning Shanxay universiteti bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi. Kelgusida mazkur universitet bilan ham ilmiy pedagogik, o’quv hamda tibbiy jarayonlarda hamkorlik qilinadi.