Talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi
11.07.2023 2023-07-11 9:31Talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi
Kecha 10 iyul Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro tibbiyot fakulteti talabalarining ota-onalari hamda yaqin qarindoshlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvda institut rektori Shuhrat Teshayev, fakultet dekani Dilnoza Hasanova, dekan muovinlari, hamda tyutorlar ishtirok etdi


Yigʻilishda yozgii sessiya natijalari yana bir bor eslatilib, fanlardan akademik qarzdorligi boʻlgan talabalarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bu haqida ogohlantirildi. Shuningdek, talabalarning odob-axloqi va oʻzlashtirishlari haqida ham soʻz yuritilib, yigʻilganlarga tushuntirishlar berildi. Institut rahbariyati tomonidan ishtirokchilar tomonidan berilgan barcha savollariga javoblar qaytarildi.


Asosiysi, institutning mazkur fakultet talabalari Rossiya Federasiyasining nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan qo’shma ta’lim dasturlari shartlariga ko’ra, ta’lim muddatining ma’lum bir qismini hamkor ta’lim muassasasida o’tkazishadi.
Rektor Shuhrat Teshayev Rossiyaga borib tahsil oladigan talabalarga u yerdagi imkoniyatlar va qoidalarni qisqacha tushuntirib o’tdi. Talabalar qayerda bo’lmasin doimiy institut nazoratida ekanini ta’kidladi.