BuxDTI matbuot xizmati

Ta’lim krediti bo’yicha asosiy masalalar

736__85_1387315705

Ta’lim krediti bo’yicha asosiy masalalar

      1. Ta’lim krediti olishda kimlardan garov va kafillik talab etilmaydi?

      Javob: «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan oilalarning farzandlaridan ta’lim krediti olishda garov va kafillik talab etilmaydi. Mazkur reestrni ko‘rishga tijorat banklariga ruxsat beriladi.

      2. Ta’lim kreditlari kimlarga ajratilmaydi?

      Javob: Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga nisbatan ta’lim kreditlari ajratilmaydi.

      3. Ta’lim kreditlari hujjatlari necha yilga, necha marta tayyorlanadi? Har yili qayta tayyorlanadimi?

     Javob: Yo‘q, har yili qayta tayyorlanmaydi. Barcha tegishli hujjatlar bir marta taqdim etiladi. Kredit shartnoma dastlab bir yillik to‘lov-kontrakt summasiga tuziladi va keyingi yillarda kredit shartnomaga qo‘shimcha bitim tuziladi xolos.

     4. To‘lov-kontrakt miqdori o‘zgarsa nima bo‘ladi?

     Javob: Oliy ta’lim tashkilotlari o‘quv yili davomida to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgargan taqdirda, bu haqida tijorat banklarini to‘lov-kontrakt miqdori o‘zgargan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida xabardor qiladi.

     5. Ta’lim krediti olish uchun qanday hujjatlar topshiriladi?

      Javob:

      1. Ariza + Pasport (ID karta);

      2. To‘lov-kontrakt shartnomasi va unga ilova qilingan fakturasi;

      3. Bankning kredit siyosati va ichki tartibiga muvofiq ta’minot;

      4. «Ijtimoiy himoya yagona reesti»ga kiritilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma (Shunday oilalar farzandlari uchun).

      6. Ta’lim krediti so‘rab yozilgan arizani banklar qancha muddatda ko‘rib chiqadi?

      Javob: Bankka taqdim etilgan hujjatlarni besh ish kuni mobaynida ko‘rib chiqishi va ta’lim kreditini shartnomasini imzolashi yoki kredit berishni (yozma ravishda) rad etishi lozim.

      7. Vazirlar Mahkamasining «Oliy o‘quv yurtlarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun ta’lim kreditlari berish to‘g‘risida» 2001 yil 26 iyulda 318-son qarori bo‘yicha ham kredit ajratiladimi?

     Javob: Yo‘q. U qaror (eski tartib) VM-527-sonli (18.08.2021y.) qarori tasdiqlangach, o‘z kuchini yo‘qotgan.