BuxDTI matbuot xizmati

Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik va turli mamlakatlar ta’lim muassasalarining birgalikdagi faoliyati mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

seminar1

Ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlik va turli mamlakatlar ta’lim muassasalarining birgalikdagi faoliyati mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Laziz Niyozov ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada xalqaro hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb yo‘nalishlari, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, akademik almashinuv, professor-o‘qituvchilar va talabalar mobilligini kengaytirish masalalari atroflicha yoritildi. Shuningdek, hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan va istiqbolda rejalashtirilayotgan loyihalar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Seminarda institut kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar faol ishtirok etib, mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirdilar hamda savol-javoblar orqali xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.