BuxDTI matbuot xizmati

Tibbiy ko’rik

Tibbiy ko'rik1

Tibbiy ko’rik

Avval xabar berilganidek, o’tgan haftada Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, xalq deputati Buxoro viloyati kengashi deputati Shuhrat Teshayevning Peshku tumanidagi Afshona jamoat salomatligi texnikumida fuqarolar qabuli hamda yoshlar bilan uchrashuvi o’tkazilgan edi.

Shuningdek, sayyor qabul bilan birga fuqarolarni kengaytirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazish ishlari ham olib borilgan edi.

Shu kunlarda tibbiy ko’rik jarayonlarida qatnashgan fuqarolar institut klinikasida kengaytirilgan laborator va instrumental tekshiruvlardan o’tkazildi.

Muolaja yoki davoplanishga ehtiyoji bor murojaatchilar klinikada yotiqizib davolanmoqda. Shu yerning o’zida zamonaviy tibbiy uskunalar orqali kengaytirilgan ko’riklar orqali tahlillar olib borilmoqda.