BuxDTI matbuot xizmati Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar Talabalar hayoti

Tibbiyot instituti 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilari bilan uchrashuv

Tibbiyot instituti 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilari bilan uchrashuv1

Tibbiyot instituti 2024-2025 o‘quv yili bitiruvchilari bilan uchrashuv

Joriy yilning 10 mart kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Umid-Medical-centre” ko‘p tarmoqli stomatologiya klinikasi vakillari va Stomatologiya yo‘nalishi bitiruvchi kurs talabalari va stomatologiya yo‘nalishi 3-4-kurs talabalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda “Umid-Medical-centre” ko‘p tarmoqli stomatologiya klinikasi rahbari U.X.Yoriyev, klinika bosh shifokori U.R.Tursunova, klinika akademiya rahbari E.Xoshimov, klinika HR direktori Sh. Muxammedov va klinika marketing bo‘limi rahbari N.Atamuradova va bitiruvchi kurs talabalari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida bitiruvchilarga “Umid-Medical-centre” ko‘p tarmoqli stomatologiya klinikasi rahbari U.X.Yoriyev va HR direktori Sh. Muxammedov so‘zga chiqib bugungi kunda stomatologiya sohasida malakali va zamonaviy standartlar asosida ishlaydigan yangiliklarga intiluvchan stomatolog shifokorlarga ish o‘rgatish va ularni ish bilan ta’minlash orqali jamiyatimizga sifatli va zamonaviy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish haqida ma’lumotlar berilib, bitiruvchilarni ishga taklif etdilar.