Tibbiyot instituti talabalari “Quvnoqlar va zukkolar” loyihasini o‘tkazishdi
01.04.2023 2023-04-03 10:21Tibbiyot instituti talabalari “Quvnoqlar va zukkolar” loyihasini o‘tkazishdi

Tibbiyot instituti talabalari “Quvnoqlar va zukkolar” loyihasini o‘tkazishdi
Bugun, 1 aprel – Hazil mutoyiba kunida Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Fakultetlararo bellashuv quvnoq va zavqli sahnalarga boy bo‘ldi.






Ta’kidlash joizki, mazkur tanlov barcha qatlamdagi yoshlar orasida ommalashib bormoqda. Tadbirda talabalar hayoti, turmushimizdagi o‘zgarishlar, insonlar fe’l-atvoridagi nuqsonlar quvnoqlik, zukkolik, topqirlik orqali ko‘rsatib berildi. Bayram dasturiga ulanib ketgan tanlovda g‘olib bo‘lgan jamoalar institut rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar va pul mkofotlari bilan taqdirlanishdi.






Talabalarga sovrinni institut rektori, professor Shuxrat Teshaev topshirar ekan, ularning kelgusidagi muvaffaqiyatlariga omad va zafarlar tiladi.




