BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti Video galereya

Tibbiyot institutiga qabul qilingan talabalar qasamyod qabul qildi

9480a5b3de995563d1d64

Tibbiyot institutiga qabul qilingan talabalar qasamyod qabul qildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqich talabalari alloma tug‘ilib o‘sgan Peshku tumanidagi Afshona qishlog‘ida buyuk tabib haykali poyida qasamyod qabul qilish marosimi oliygoh tashkil etilgan kundan buyon an’anaviy tarzda davom etmoqda.

Shifokorlik — sharafli va ayni damda o‘ta mas’uliyatli kasb. Bu zahmatli faoliyatga umrini baxshida etmoqchi bo‘lgan yoshlar kelgusida nafaqat egnidagi oq libosi, balki qalbiga ham gard yuqtirmasliklari lozim.

Bemorlarga o‘z jon-jigarlari, yaqinlaridek munosabatda bo‘lish uchun esa, avvalo, pokiza niyat, olijanob maqsad va qat’iy ahd zarur! Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalarining qasamyodi shunisi bilan ahamiyatli.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining 1-bosqichiga qabul qilingan yigit-qizlar ishtirokida “Shifokorlikka qasamyod” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Aytish kerakki, har o‘quv yilida bo‘ladigan ushbu an’anaviy marosimda ta’lim muassasasining 1-bosqichiga qadam qo‘ygan talabalar tantanali ravishda qasamyod qiladi.

Joriy yilda ham institutga qabul qilingan 1025 nafar bo‘lajak shifokorlar bugun 6 sentabr kuni – institut tashkil topgan kunda kasbiga sadoqatli bo‘lish, har qanday sharoitda tibbiy yordam ko‘rsatishga, o‘z manfaatiga berilmaslik uchun bor kuch va g‘ayratini sarflashga, halol bo‘lishga qasamyod qildi. Abu Ali ibn Sino yodgorlik poyiga gullar qo‘yib, hurmat bajo keltirdi. Yoshlar fikrlar va ishlar pokligi, yuksak ishonch va ajralmas najot ramzi sifatida oq xalat kiyishning ramziy marosimini o‘tkazishdi.

Ta’kidlash lozim, mazkur oliygoh mamlakatimizdagi eng yetakchi tibbiyot oliy ta’lim muassasalari hisoblanadi. Avgust oyida Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoev mazkur institutda bo‘lib, professor-o‘qituvchilar bilan bo‘lgan uchrauvda ham alohida ta’kidlagan ei.

Hozir o‘quv yurtining davolash, tibbiy-pedagogika, tibbiy-profilaktika, tibbiy-biologiya, harbiy-tibbiy va oliy hamshiralik ishi kabi fakultetlarida 10 ming nafarga yaqin talaba tahsil olmoqda. Quvonarlisi, shulardaning 2 mingga yaqini xorijlik talabalar hisoblanadi.

Talabalarning qasamyod qabul qilish tadbirida Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev, Peshko‘ tumani hokimi Vahob Qahhorov hamda shu kunlarda Buxoro viloyatida o‘tkazilayotgan “Birinchi O‘zbekiston – Isroil akademik forumi”da ishtirok etayotgan isroillik olimlar, rektorlar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida Abu Ali ibn Sino muzeyiga sayohat ham tashkil qilindi.