TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUBORAK BÖLSIN!
08.11.2026 2026-11-08 22:58TIBBIYOT XODIMLARI KUNI MUBORAK BÖLSIN!
Hurmatli tibbiyot xodimlari! Qadrli hamkasblar!
Sizlarni noyabr oyining ikkinchi yakşanbasida keng nişonlanadigan kasb bayramingiz — Tibbiyot xodimlari kuni bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Inson salomatligini asraş, hayotini saqlab qoliş, dardiga malham bölişdek şarafli va mas’uliyatli vazifani zimmasiga olgan tibbiyot xodimlarining mehnati har qança e’tirof va ehtiromga munosibdir. Zero, şifokorlik nafaqat kasb, balki yuksak bilim, çeksuz sabr-toqat, mehr-oqibat, fidoyilik va insonparvarlikni talab etadigan uluğ va olijanob faoliyatdir.
Bugungi kunda mamlakatimizda soğliqni saqlaş tizimini rivojlantiriş, aholiga körsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yangi bosqıçga olib çıqış, zamonaviy diagnostika va davolaş usullarini keng joriy etiş, tibbiyot ilmi va ta’limini xalqaro mezonlar asosida takomillaştiriş borasida keng kölamli islohotlar amalga aşirilmoqda. Bu jarayonlarda malakali kadrlar tayyorlaş, ilm-fan va amaliy tibbiyot integratsiyasini kuçaytiriş alohida ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, buyuk alloma, jahon tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali Ibn Sino tavallud topgan muqaddas Buxoro zaminida tibbiyotning rivojlanişi, uning boy ilmiy merosiga munosib avlodni tarbiyalash biz uçun nafaqat şaraf, balki ulkan mas’uliyat hamdir. Ibn Sino bobomizning ilmiy tafakkuri, inson salomatligi yölidagi bebaho xizmatlari asrlar oşa butun dunyo tibbiyot ahli uçun ibrat va ilhom manbai bölib kelmoqda.
Bugun ana şu buyuk meros davomçilari sifatida Buxoroda tibbiyot ta’limi, ilm-fan va amaliyotini yanada rivojlantiriş, zamonaviy bilim va innovatsiyalarni keng tatbiq etiş, xalqaro tajribani özlaştiriş hamda raqobatbardoş, yuksak malakali şifokorlarni tayyorlaş yolida izçil iş olib bormoqdamiz.
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ham uşbu ezgu maqsadlar yolida munosib hissa qöşib kelmoqda.
Professor-öqituvçilarimizning ta’lim va ilm-fan sohasidagi izlaşışlari, olimlarimizning ilmiy yutuqlari, amaliyotçi şifokorlarimizning fidokorona mehnati hamda tibbiyot xodimlarining kundalik xizmatlari nafaqat institutimiz, balki butun hududimiz soğliqni saqlaş tizimi taraqqiyotiga xizmat qilmoqda.
Fursatdan foydalanib, Buxoro viloyati va butun mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha şifokorlar, hamşiralar, farmatsevtlar, professor-öqituvçilar, ilmiy xodimlar, tibbiyot muassasalari rahbarlari hamda sohaning barcha fidoyi vakillariga çuqur minnatdorlik bildiraman.
Işonçim komilki, barchamizning birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz, kasbimizga sadoqatimiz va izlaşışlarimiz tufayli Ibn Sino bobomizning tabarruk vatani Buxoro zamonaviy tibbiyot, ilg‘or ilm-fan va yuksak malakali şifokorlar tayyorlaş markazlaridan biri sifatida yanada ravnaq topadi.
Aziz hamkasblar!
Sizlarga mustahkam soğliq, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka, şarafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Har bir ezgu işingiz, insonlar hayotiga baxş etayotgan umidingiz va salomatlik yolidagi fidoyiligingiz doimo qadrlansin!
Bayramingiz muborak bölsun!
Hurmat bilan,
Şuhrat Teşayev
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori