Tibbiyot xodimlari munosib sharaflandi
12.11.2022 2022-11-14 19:26Tibbiyot xodimlari munosib sharaflandi
Mamlakatimizda har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi tibbiyot xodimlarining kasb bayrami kuni sifatida keng nishonladi.

Shu munosabat bilan bugun, 12 noyabr kuni viloyat hokimligida bayram tadbiri o‘tkazildi. Marosimga viloyatimizdagi davolash-profilaktika muassasalari xodimlari, tibbiyotchi olimlar va mutaxassislar, soha faxriylar taklif etildi.

Shuningdek, Buxoro davlat tibbiyot instituti 1-akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri Gulchehra Ixtiyarovaga “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishonlari topshirildi. Bundan tashqari, faol professor-o‘qituvchilarga Xalq deputatlari Buxoro viloyati kengashi tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
