Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin
05.10.2022 2022-10-06 9:32Tibbiyot yo‘nalishi bitiruvchilari to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin
“Davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (561-son, 03.10.2022 y.)
🔰 Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tajriba-sinov tariqasida 2022/2023 o‘quv yilida:
🔹 barcha tibbiyot va OTMlarning “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bitiruvchi kurslariga to‘liq stavkagacha oilaviy shifokor, tez tibbiy yordam shifokori va sanitariya bo‘limlarida shifokor sifatida;
🔹 barcha tibbiyot OTMlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazining magistratura va klinik ordinatura bitiruvchilari mutaxassisliklari bo‘yicha to‘liq stavkagacha ishlashi mumkin.
☑️ “Davolash ishi”, “Pediatriya ishi” va “Tibbiy-profilaktika ishi” yo‘nalishlari bo‘yicha barcha bosqich talabalari fanlar va amaliy mashg‘ulotlarning nazariy qismini masofaviy o‘zlashtiradi.
🗓 Sog‘liqlni saqlash vazirligi shifokorlarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlaydi va birinchi bosqichda 2022 yil 1 oktabrdan Surxondaryo viloyatida, ikkinchi bosqichda esa 2022 yil 1 noyabrdan barcha hududlarda talabalarni vakant o‘rinlarga ishga joylashtiradi