BuxDTI matbuot xizmati

“Tibbiyotga baxshida umr va ustoz–shogird an’analari” nomli tadbir Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazildi

Tibbiyotga baxshida umr va ustoz–shogird an’analari1

“Tibbiyotga baxshida umr va ustoz–shogird an’analari” nomli tadbir Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazildi

Buxoro davlat tibbiyot institutida fidoyi shifokor, mohir jarroh, ustoz va insonparvar inson Abdujabbor Axmedov xotirasiga bag‘ishlangan “Tibbiyotga baxshida umr va ustoz–shogird an’analari” nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ustozning sermazmun hayoti va ilmiy faoliyati, tibbiyot sohasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi hamda fidoyi shogirdlari haqida so‘z yuritildi.

🎓 Tadbir doirasida Abdujabbor Axmedov hayotiga bag‘ishlangan yangi kitob taqdimoti o‘tkazildi. Unda institut rektori, professor Shuhrat Teshayev, “Ezgulik” gazetasining bosh muharriri Obid Qo‘ldosh, shuningdek, ustozning shogirdlari va hamkasblari o‘z xotiralarini so‘zlab, tibbiyot fidoyisining insoniy fazilatlarini yodga oldilar.

🌸 Tadbir davomida Hindistonlik talaba Khan Hurriya “Ustoz” nomli she’rni ijro etdi. Shuningdek, Abdujabbor Axmedovning farzandlari va nevaralari yurt ravnaqi yo‘lidagi faoliyati uchun e’tirof etildi.

Ustoz siymosiga bag‘ishlangan ushbu uchrashuv insonparvarlik, mehnatsevarlik va ustoz–shogirdlik an’analarini ulug‘lovchi iliq ruhda o‘tdi.