Toshkentda xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda
27.04.2023 2023-04-28 11:37Toshkentda xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tmoqda
«Tashkent City» Xalqaro ishbilarmonlar markazi Kongress-xollida II Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda dunyoning 56 mamlakatidan 2 mingdan ziyod kishi, jumladan, yirik investorlar, turli davlatlar ishbilarmon va siyosiy doiralar vakillari, moliya institutlari, xorijiy vazirlik va idoralar, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi.

Forum doirasida O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyatini atroflicha ochib berishga qaratilgan yalpi majlis, ekspertlarning 30 dan ziyod mavzudagi qizg‘in bahs-munozarasi, davra suhbati va muzokarasi rejalashtirilgan.

Mazkur forumda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshaev hamda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi.
