BuxDTI matbuot xizmati

Turkiyalik mutaxassis Buxoroda tibbiy ko’rik va mahorat darslarini olob bormoqda

photo_2023-07-31_12-25-26

Turkiyalik mutaxassis Buxoroda tibbiy ko’rik va mahorat darslarini olob bormoqda

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tibbiy ta’limni rivojlantirishga doir qator takliflar ilgari surilib amaliyotda joriy qilinmoqda. Ayniqsa, tibbiyot oliygohlarin dunyodagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik qilishiga yo‘l ochilishi sohadagi ijobiy o‘zgarishlarga zamin yaratmoqda. Sohani rivojlantirishda dunyoning eng ilg‘or va shu  soha rivojlanayotgan davlatlar bilan keng hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Jumladan, hozirgi paytda Rossiya, Germaniya, Turkiya, Xitoy kabi davlatlar bilan tizimni rivojlantirishning yangi bosqichga olib chiqish jarayonlari yo‘lida hamkorlik aloqalari olib borilayotir.

2019 yildan buyon Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiya universitetlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.

Ayni kunlarda vrach neyroxirurg Izmir universiteti tibbiyot fakulteti professori Edip Gonolulu Buxoro viloyatida tibbiyot xodimlari va talabalar ishtirokida mahorat darslarini olib bormoqda.

Shu bilan birga aholi o’rtasida tibbiy ko’rik ishlarini ham olib borishmoqda.