BuxDTI matbuot xizmati

Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universitetiga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onasi bilan tanishtiruv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

photo_2022-10-03_18-39-56

Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universitetiga qabul qilingan talabalar va ularning ota-onasi bilan tanishtiruv uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

2019 yilda Buxoro davlat tibbiyot institutida Turkiyaning Sog‘liq bilimlari universiteti to‘rtta yo‘nalishda qabul jarayonlarini boshlagan edi.  Bugungi kunga kelib institutning Xalqaro Turkiya fakultetida  talabalar tahsil olmoqda.

Joriy o‘quv yilida BuxDTI bazasidagi Sog‘liq bilimlari universiteti filialida  200 nafarga yaqin talaba qabul qilindi. Bugun institut katta zalida rektor Shuxrat Teshaev prorektorlar, SBU filiali rahbari va yangi qabul qilingan talabalar va ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muloqotda so‘zga chiqqan Sh.Teshaev ikkala oliy ta’lim muasssalari hamda yaratilgan sharoitlar, tartib qoidalar haqida ma’lumot berib o‘tdi.

Shuningdek, sinovlarda yuqori natija bilan talabalikka tavsiya etilgan yoshlarni qutladi.