BuxDTI matbuot xizmati

Uchrashuv

photo_2023-04-19_11-37-00

Uchrashuv

Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar masalasida o’tkazilgan selektor yig’ilishida berilgan topshiriqlar qatorida BuxDTIga ham G’ijduvon tumanidan bir guruh yoshlar biriktirilgan edi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyatidan tashkil etgan ishchi guruh a’zolari Buxoro viloyati G’ijduvon tumanida istiqomat qiluvchi 40 nafar uyushmagan yoshlar bilan tuman hokimiyati binosida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Mazkur uchrashuvda mahallalardagi uyushmagan ishsiz yoshlar bilan suhbatlashib, ularni qiynab kelayotgan masalalar tinglandi. Institut rahbariyati imkon doirasida yoshlar muammolarini bartaraf etish yo‘llarini ko‘rsatib, qo‘ldan kelgan yordamlarini berishdi hamda tibbiy ko’rik tashkil etilishi aytib o’tildi. Suhbat davomida har bir yosh tinglanib, muammolari bo’yicha mutaxassis shifokorlarga biriktirildi. Ishlashga ehtiyoji bor yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida kasbga yo’naltirildi va o’qishga ishtiyoqi borlar to’garaklarga biriktirildi. Imkon qadar ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida yoshlarga maslahatlar berildi.