BuxDTI matbuot xizmati

VAZIR ÖRINBOSARI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING ZAMONAVIY TA’LIM VA ILMIY-AMALIY INFRATUZILMASI BILAN TANIŞDI

17ddf0f8-1780-4a69-8546-afac01c4df5c

VAZIR ÖRINBOSARI BUXORO DAVLAT TIBBIYOT INSTITUTINING ZAMONAVIY TA’LIM VA ILMIY-AMALIY INFRATUZILMASI BILAN TANIŞDI

​Ta’lim va ilm-fan vaziri örinbosari Sanjar Mirzaliyev Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga taşrif buyurib, oliy ta’lim muassasasining faoliyati, ta’lim sifatini oşiriş, ilmiy salohiyati hamda talabalar uçun yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdi.
​Mehmonni institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Şuhrat Teşayev kutib oldi.
​Taşrif davomida vazir örinbosari dastlab institut huzuridagi Xalq tabobati laboratoriyasi faoliyati bilan tanişdi. Bu yerda xalq tabobati yönalişida olib borilayotgan ilmiy izlaşışlar, zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘unlaştiriş borasidagi işlar hamda laboratoriya imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.
​Şuningdek, institutning Axborot-resurs markazi közdan keçirilib, talabalar va professor-öqituvçilar uçun yaratilgan axborot-ta’lim resurslari, ilmiy va öquv adabiyotlari fondi hamda mustaqil ta’lim oliş imkoniyatlari bilan tanişildi.

​Taşrif doirasida institut muzeyi ham közdan keçirildi. Unda oliy ta’lim muassasasining taşkil topış tarixi, rivojlanış bosqıçlari, erişgan yutuqlari va tibbiyot ta’limi sohasidagi boy tajribasi namoyış etildi.
​Bundan taşqari, Simulyatsion markaz faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Markazda talabalarning amaliy könikmalarini şakllantiriş, klinik vaziyatlarni modellasştiriş, zamonaviy tibbiy jihozlar yordamida kasbiy mahoratini oşiriş uçun yaratilgan imkoniyatlar namoyış etildi.
​Taşrif davomida institutda ta’lim sifatini oşiriş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş, zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalarni öquv jarayoniga keng joriy etiş borasida amalga aşirilayotgan işlar yuzasidan fikr almaşildi.

​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati