BuxDTI matbuot xizmati

Vazirlik ishchi guruhi Buxoroda bo‘ldi

photo_2023-09-05_09-17-26

Vazirlik ishchi guruhi Buxoroda bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar  vazirining 2023 yil 25 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarining 2023/2024 o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini joylarga chiqib o‘rganish” to‘grisidagi buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik ishchi guruhi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida bo‘ldi.

 Ishchi guruhi tomonidan instituning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligini o‘rganish bo‘yicha o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, jumladan, o‘quv, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tashkiliy-uslubiy ishlar shuningdek, Talabalar turar joylarining talabalarni qabul qilishga tayyorgarlik , sport-sog‘lomlashtirish hamda  obodonlashtirish ishlari, yashil makon dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati o‘rganildi.