BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Vazirning oʻrinbosari tibbiyot institutining zamonaviy kampusi faoliyatini o’rgandi

photo_2024-06-01_12-13-56

Vazirning oʻrinbosari tibbiyot institutining zamonaviy kampusi faoliyatini o’rgandi

Davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida viloyatimizda bo’lib turgan respublika Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Shohrux Daliyev Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va uning zamonaviy klinikasi faoliyati bilan tanishdi

Dastlab, Sh.Daliyev Buxoro davlat tibbiyot institutining yani binosi, axborot resurs markazi, katta majlislar zalini ko’zdan kechirdi. Yaratilgan sharoit va imkoniyatlar haqida fikrini bildirdi.

Shuningdek, vazir o’rinbosari Simulyatsiya markazi, sport majmuasi va yaqinda foydalanishga topshirilgan klinika faoliyat bilan tanishar ekan, mazkur muassasalarda oliy tibbiy ta’limni rivojlantirish hamda amaliy tibbiy jarayonlarni kuchaytirish orqali talabalarning ko’niklamalarini oshirish zarurligini ta’kidladi.

Rektor Sh.Teshayev talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berdi.

Vazirning birinchi oʻrinbosari mazkur taʼlim muassasasida 2024/2025 oʻquv yillariga qabul jarayonlarini tashkil etish masalasiga alohida toʻxtalib, qabulning yangi tizimini abituriyentlar, ularning ota-onalari va umuman keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha tashviqot ishlarini kuchaytirish bo’yicha topshiriq berdi.