BuxDTI matbuot xizmati

“Vazirshox” mahallasidagi ehtiyojmand oilalarga institut yordami

Vazirshox1

“Vazirshox” mahallasidagi ehtiyojmand oilalarga institut yordami

Prezident raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ijtimoiy himoya sohasidagi ishlarning samaradorligini oshirish va 2025-yil uchun ustuvor vazifalarni belgilash borasida muhim topshiriqlar berildi. Jumladan, kambag‘al deb e’tirof etilgan oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish, ularning bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish masalasi barcha darajadagi rahbarlar zimmasiga yuklandi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayevga G‘ijduvon tumanining “Vazirshox” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi ehtiyojmand oilalar biriktirildi.

2025-yilning 29-iyul kuni institut rektori Mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qilayotgan:
Abdurahmonova Mahbuba, Safarova Gulbahor, Xojiyeva Rashida, Xidirova Muyassar, Yakubova Shoira bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida ularning yashash sharoitlari, sog‘lig‘i va ijtimoiy holati o‘rganilib, muammolariga amaliy yechim topish choralari belgilandi. Institut tomonidan ushbu oilalarga kundalik ehtiyojlar uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlari va sovg‘alar topshirildi.

Shuningdek, rektor Shuhrat Teshayev ularning salomatligini tiklashda institut klinikasi mutaxassislari tomonidan tibbiy xizmatlar ko‘rsatilishi, kerakli tahlil va maslahatlar berilishi bo‘yicha yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

Mazkur tashabbus davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan insonparvarlik siyosatining amaliy ifodasi bo‘lib, ijtimoiy adolat va mehr-oqibat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi. Buxoro davlat tibbiyot instituti bundan keyin ham ushbu yo‘nalishda faoliyat olib boradi.