BuxDTI matbuot xizmati

Viloyat hokimi institut talabalari yutuqlarini e’tirof etdi

Viloyat hokimi institut talabalari yutuqlarini e'tirof etdi1

Viloyat hokimi institut talabalari yutuqlarini e’tirof etdi

📅Bugun Yoshlar kuni munosabati bilan Yoshlar markazi binosida institutimiz yosh olimlari va iqtidorli talabalari tomonidan tayyorlangan ilmiy-innovatsion g‘oyalar va ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

📎Ko‘rgazmada institut rektori Sh. Teshayev boshchiligidagi yosh olimlar jamoasi va talabalar o‘zlarining ilg‘or loyihalarini taqdim etdi. Ko‘rgazma doirasida nafaqat ilm-fan yo‘nalishidagi balki amaliyotga tatbiq etilishi mumkin bo‘lgan bir qator innovatsion ishlanmalar yarmarkasi ham tashkil etildi.

🎗Tadbir davomida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov ko‘rgazmalar bilan tanishar ekan, institut rektoriga Xitoy va Janubiy Koreya bilan ilmiy hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, ayniqsa xalq tabobati yo‘nalishida yangi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

🔗Shuningdek, hokim Botir Zaripov yoshlarimizni ularning quyidagi yutuqlari bilan samimiy tabrikladi:

➡️”Ma’rifat maydoni” tanlovining Respublika bosqichida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritganliklari,

➡️Zakovat intellektual o‘yinlaridagi munosib g‘alabalari,

➡️Xalqaro fan olimpiadalarida erishilgan yutuqlari.

📑Tadbir yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishi, intellektual salohiyati va yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasining yana bir bor yaqqol isboti bo‘ldi.

👥Yoshlarimizga doimo ishonamiz va ularning g‘oyalari – ertangi kunimiz poydevori ekanligini chuqur anglaymiz!