Вuxoro davlat tibbiyot institutida joriy yilning 13-14-15-avgust kunlari
15.08.2024 2024-08-16 12:56Вuxoro davlat tibbiyot institutida joriy yilning 13-14-15-avgust kunlari
Вuxoro davlat tibbiyot institutida joriy yilning 13-14-15-avgust kunlari
Вuxoro davlat tibbiyot institutida joriy yilning 13-14-15-avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 11 yanvardagi “Texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 17-son qarori asosida texnikum bitiruvchilariga Suhbat jarayoni bo‘lib o‘tdi.
Texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari «5 (a’lo)» va «4 (yaxshi)», biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 85 foizi «5 (a’lo)» bo‘lgan bitiruvchilar kiritildi.
Institut rektori buyrug‘i bilan suhbat komissiyasi 9 nafardan kam bo‘lmagan tarkibda tuzilib, uning tarkibiga institut professor o‘qituvchilari bilan bir qatorda viloyat sog‘liqni saqlash sohasida faoliyat yuritayotgan tajribali mutaxassislar, texnikumning malakali o‘qituvchilari kiritildi.
Buxoro davlat tibbiyot institutiga joriy yilda davolash yo‘nalishiga 110 nafar, stomatologiya yo‘nalishiga 13 nafar, pediatriya yo‘nalishiga 16 nafar, tibbiy profilaktika yo‘nalishiga 5 nafar, tibbiy biologiya yo‘nalishiga 33 nafar, xalq tabobati yo‘nalishiga 2 nafar, oliy hamshiralik ishi yo‘nalishiga 14 nafar, ja’mi 193 nafar texnikum bitiruvchilari hujjat topshirishdi.
Imtixon jarayonlari to‘liq video kuzatuv ostida o‘tkazildi va ota-onalar va kuzatuvchilar uchun alohida ajratilgan xonalarda ovozli tarzda onlayn tranlatsiya qilib borildi.