BuxDTI matbuot xizmati

Xabar berilganidek, shu kunlarda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya AQShga xizmat safari bo‘lib turibdi.

photo_2023-05-12_10-45-44

Xabar berilganidek, shu kunlarda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov boshchiligidagi delegatsiya AQShga xizmat safari bo‘lib turibdi.

Delegatsiya tarkibida ishtirok etayotgan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshaev ham dunyoning eng nufuzli oliy o‘quv yurtlaridan biri hisoblangan Harvard universiteti rahbariyati bilan muloqot jarayonida qatnashdi.

Rektor Teshayev mazkur  oliy ta’lim muassasasining Genetik laboratoriyasi direktori professor Aliriza Xagigi bilan o‘zaro hamkorlik bo‘yicha muloqot o‘tkazilgan. Shuningdek, Sh.Teshaev professor Haginini Buxoroga taklif qilganini ma’lum qildi.

Safarning boshqa tafsilotlari haqida keyinroq xabar beramiz.