BuxDTI matbuot xizmati

Xalqaro amaliy tajriba almashinuvi davom etmoqda!

Xalqaro amaliy tajriba almashinuvi davom etmoqda!1

Xalqaro amaliy tajriba almashinuvi davom etmoqda!

🏛2025-yil 11-iyul kuni yozgi amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlagan rossiyalik talabalarga sertifikatlar hamda esdalik sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

📌Eslatma sifatida: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Rossiya Federatsiyasining nufuzli oliy tibbiyot ta’lim muassasalaridan biri — Ijevsk davlat tibbiyot akademiyasining 4 nafar talabasi amaliy tajriba o‘tash maqsadida tashrif buyurgan edi.

📎Davolash ishi hamda Pediatriya yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar institut klinikasi hamda boshqa tegishli tibbiy markazlarda 20 kun davomida yozgi malakaviy amaliyotni muvaffaqiyatli o’tashdi.