XALQARO FAKULTET TALABALARI BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
23.10.2026 2026-10-23 9:58XALQARO FAKULTET TALABALARI BILAN DAVRA SUHBATI O‘TKAZILDI
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Xalqaro fakultet talabalari ishtirokida O‘zbekistonda bo‘lish va yashash tartibi, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish, yashash manzilini o‘zgartirish qoidalari hamda amaldagi qonunchilik talablariga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda rektor maslahatchisi M. Mahmudov, Xalqaro fakultet dekani M. Xayriyeva, guruh tyutorlari, viloyat IIB JTSB PPX komandiri, mayor F. Xayriyev, shuningdek, IIB Migratsiya va personallashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosarlari, mayor A. Xudoyberdiyev hamda podpolkovnik A. Soliyev ishtirok etdilar.
Suhbat davomida xorijiy talabalar uchun O‘zbekistonda bo‘lish va yashash, vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish muddatlariga rioya qilish, yashash joyini o‘zgartirish tartibi, mamlakatning ichki qonun-qoidalari, jamoat tartibi va tungi vaqtdagi belgilangan talablar hamda cheklovlarga amal qilish yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, talabalarga qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish, jamoat joylarida odob-axloq qoidalariga amal qilish va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar taqdim etildi.
Bunday uchrashuvlar xorijiy talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ularning mamlakatimizda xavfsiz va qonuniy yashashlarini ta’minlash hamda ta’lim muassasasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.



Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati