Xalqaro hamkorlik
08.06.2023 2023-06-09 11:23Xalqaro hamkorlik
Avval xabar berganimizdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuxrat Teshayev boshchiligidagi delegasiyaning Iordaniyaga tashrifi davom etmoqda.

Bugun vakillarimiz poytaxt Amman shahrida joylashgan Iordaniya universitetida bo’lishdi.
Mazkur oliy ta’lim dargohi davlat universiteti hisoblanadi. U 1962 -yilda qirol farmoni bilan tashkil etilgan va arab dunyosi hamda Yaqin Sharqdagi eng nufuzli va katta oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi. 20 ta fakultetdan iborat va 95 dan ortiq kafedralarni o’z ichiga oladi.

Bugun kunning birinchi yarmida Shuxrat Teshayev delegasiya vakillari bilan birga mazkur universitet vitse prezidenti Ashraf Abukarakuy hamda prorektorlar bilan uchrashdi.

Samimiy ruhda kechgan muloqot chog’ida ikki tomon o’zaro manfaatli hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.
Jumladan, tibbiy ta’limda akademik mobillik, qisqa muddatli stajirovkalar, ilmiy tadqiqotlarni birgalikda olib borish, klinikalarda yosh mutaxassislar almashinuvi, farmasevtika va tabiiy fanlar fakultetlari faoliyati yuzasidan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, safar davomida yuqoridagi masalalar yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolanishi kutilmoqda.