BuxDTI matbuot xizmati

Xalqaro hamkorlik

photo_2023-07-31_12-50-12

Xalqaro hamkorlik

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik geografiyasi kengayib borayotganligi yurtimiz ilm-fan va tibbiyot sohasi uchun quvonarli hol albatta.

Shu kunlarda yurtimizga Belarus Respublikasi Vitebsk Xalqlar do‘stligi ordeni davlat tibbiyot universiteti delegatsiyasi tarkibida universitet rektori Chukanov Aleksey Nikolaevich, Xalqaro aloqalar boshqarmasi boshlig‘i Sharixina Yelena Vitalevna, Klinik ordinatura va internatura sektori boshlig‘i Vasilenko Natalya Vladimirovna xalqaro hamkorlik bo‘yicha shartnoma imzolash, kelgusidagi ilmiy va ta’lim sohasidagi masalalarni muhokama qilish maqsadida tashrif buyurishdi.

Muzokaralar chog’ida ikki oliy ta’lim muassasasi o’rtasida hamkorlik alqalarini o’rnatish, munosabatlarni kuchaytirish kabi manfaatli masalalalar ko’rib chiqildi.

Shuningdek, mehmonlar Buxoro davlat tibbiyot institutining yangi binosi, zamonaviy klinika, va axborot resurs markazini ko’zdan kechirishdi.