Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda
10.10.2023 2023-10-11 11:12Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda
📌Joriy yilning 9-oktyabr kuni Buxoro davlat tibbiyot institutiga Lazareva Larisa Anatolyevna Murmansk shahridagi «Rossiya temir yo’llari-tibbiyot» xususiy sog’liqni saqlash muassasasi bosh shifokori, Olga Yuryevna Ulyanova Tver shahrining «RZD-Medicine» klinik shifoxonasi bosh shifokori, Gromov Pyotr Vladimirovich Sankt-Peterburgning «RZD-Medicine» klinik kasalxonasi direktori tashrif buyurishdi.


✔️Mazkur tashrif davomida Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot resurs markazida, Simulyatsiya o’quv markazida, zamonaviy klinikada bo’lishdi va yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishib chiqishdi.
Muassasalar o’rtasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

