BuxDTI matbuot xizmati

Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda

photo_2023-11-28_15-47-47

Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda

O’zbekistonning Bryussel (Belgiya)dagi vakolatxonasida Yevroparlament, Yevropa Ittifoqi vakillari, Yevropa Kengashi a’zolari, Yevropa informatsion agentligi rasmiy vakillari, Benilyuks mamlakatlari (Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg) diplomatik missiyasi rahbari hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti ilmiy va innovatsiyalar bo’yicha prorektori Matluba Sanoyeva muzokaralar olib bormoqda. Belgiya ta’lim kengashi bilan o’zaro kelishuvlar tuzildi hamda hamkorlik memorandumi imzolandi. Shartnoma doirasida ilmiy-tadqiqot ishlari, ilmiy-amaliy hamkorlik loyihalarni qo’lga kiritish, Yevropa ta’lim dasturlarini o’quv jarayonlariga tadbiq etish muhokama qilindi.