Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda
04.10.2023 2023-10-06 17:34Xalqaro hamkorlik aloqalari davom etmoqda
📌Xabar berganimizdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti xalqaro hamorlik bo’yicha prorektor L.Niyozov hamda neyroxirurg A.Teshayev Amerika Qo’shma Shtatlarida xizmat safarida bilan bo’lib qaytishdi.
🏷Vakillarimizning navbatdagi manzili Webster universitetiga affillangan Dana Farber Kenser instituti bo’ldi. Mazkur muassasa onkologiya va saraton kasalligini davolashga mo’ljallangan bo’lib o’z sohasida dunyoda yetakchi o’rinlarda turadi.
✔️Ushbu institut bilan yosh mutaxassislarni qisqa muddatli
stajirovkalarga yuborish hamda kadrlar tayyorlash borasida hamkorlik qilishga kelishildi.
↪️Massachusetts General Hospital bilan ilmiy tadqiqot ishlari bo‘yicha hamorlik masalalari ko’rilmoqda.
❗️Boston bolalar klinikasi ilmiy tadqiqot, stajirovka, qo‘shma loyihalar konferensiyalar o‘tkazish, hamda magistratura va doktoranturada tahsil olayotgan talabalarni qo‘shma ilmiy rahbarlar orqali tajriba almashish masalalari ko’rildi.
✅Eslatib o’tamiz: Pediatriya kafedrasi bilan memoriandum imzolanishiga tayyorgarliklar olib borilmoqda.