Xalqaro hamkorlik sari muhim qadam
16.05.2026 2026-05-18 9:52Xalqaro hamkorlik sari muhim qadam
Germaniyaning klinikasidan tashrif buyurgan bir guruh olimlar O‘zbekistonda a’zo va o‘zak hujayra transplantatsiyasini jahon standartlari asosida rivojlantirish maqsadida Buxoroga tashrif buyurishdi.
📌Mazkur tashrif Respublika Molekulyar genetika bo‘yicha bosh mutaxassisi, Toshkent Gematologiya ilmiy tekshirish instituti mutaxassisi Abduqodir Boboyev tashabbusi bilan tashkil etildi. Tashrif davomida Buxoroda ham transplantatsiya jarayonlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari muhokama qilindi.



➡️Xorijlik olimlar Klinik laboratoriya mutaxassisligi magistrlari uchun simulyatsiya xonasida mahorat darslarini o‘tkazib, zamonaviy laborator diagnostikasi hamda transplantatsion immunologiya yo‘nalishlarida o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.



✅Shuningdek, institut rektori bilan uchrashuv tashkil etilib, kelgusidagi ilmiy-amaliy hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Ilm-fan va tibbiyotdagi xalqaro hamkorlik — zamonaviy tibbiyot taraqqiyotining muhim omili.


