Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman: zamonaviy xirurgiyadagi dolzarb muammolar muhokama markazida
13.05.2025 2025-05-14 16:09Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman: zamonaviy xirurgiyadagi dolzarb muammolar muhokama markazida

Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman: zamonaviy xirurgiyadagi dolzarb muammolar muhokama markazida
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “Xirurgik infeksiya: zamonaviy xirurgiyaning dolzarb muammolari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.


Mazkur nufuzli tadbirda Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan bir qatorda, Rossiya hamda Turkiyadan taniqli olimlar, yetuk mutaxassislar va amaliyotchi shifokorlar ishtirok etmoqda.


Anjumanda zamonaviy xirurgik amaliyotda infeksiyalarning oldini olish, ularni erta aniqlash va samarali davolash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlar, innovatsion texnologiyalar hamda xalqaro tajribalar atroflicha muhokama qilinmoqda. Shuningdek, xirurgik muolajalar bilan bog‘liq infeksion asoratlarni kamaytirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar taqdim etilmoqda.


Bunday xalqaro darajadagi anjumanlar ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, sohadagi yangiliklarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, yosh mutaxassislar salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Tadbir doirasida mahorat darslari, sektsiyalar faoliyati va amaliy muloqotlar tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilarga tajriba almashish imkonini bermoqda.
Anjuman Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish, xorijiy hamkorlar bilan aloqalarni kengaytirish va zamonaviy tibbiyot rivojiga hissa qo‘shishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.