Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
25.04.2022 2022-04-25 16:05Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya
2022 yil 21-22 aprel kunlari Buxoro shaxrining “Sahid Zarafshan” mehmonxonasi majlislar zalida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti Yevro-Osiyo infeksionistlari jamiyati, Toshkent tibbiyot akademiyasi, Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti va Boshqirdiston davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Yuqumli kasalliklar, epidemiologiya va parazitologiyaning dolzarb muammolari” bo‘yicha xalqaro ilmiy anjumani bulib o‘tdi. Institutning yuqumli kasalliklar, bolalar yuqumli kasalliklari va epidemiologiya kafedrasi (kafedra mudiri A.R.Oblokulov) professor-o‘qituvchilari ushbu anjumanning asosiy tashkilotchilari hisoblanadi. Anjumanda Rossiya Federatsiyasi, AQSh, Qozog‘iston va Qirg‘iziston olimlari gibrid-format (Onlayn va oflayn) da ishtirok etishdi. Konferensiya yuqori saviyada o‘tdi.