Xalqaro tanlovda faxrli 3-o‘rin
15.04.2026 2026-04-16 10:56Xalqaro tanlovda faxrli 3-o‘rin
“Cursor Hackathon AI 2026” xalqaro tanlovida institutimiz talabalari munosib ishtirok etib, yuqori natijaga erishdilar. Xususan, institutimiz sharafini himoya qilgan “BSMI Leaders” jamoasi 73.0 ball to‘plab, faxrli 3-o‘rinni egalladi.
➡️Mazkur natija kuchli raqobat muhitida qo‘lga kiritilgani bilan ahamiyatlidir. Tanlovda asosan tajribali dasturchilar va IT sohasi vakillari ishtirok etgan bo‘lishiga qaramay, tibbiyot yo‘nalishi talabalari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha innovatsion yondashuvi, dolzarb muammoni aniq ifodalashi hamda amaliy yechim taklif qilgani bilan hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi.


👥 Jamoa a’zolari:
Doniyorov Diyorbek Otabekovich
Kurbonov Nodirjon Mirzoxidovich
Jamolov O‘lmas Jabbor o‘g‘li
Baxramova Marjona Bahriddinovna
Hamroyeva Ferangiz Maxmudovna


✅Mazkur yutuq talabalarimizning chuqur bilimga egaligi, zamonaviy texnologiyalarni puxta o‘zlashtirayotgani hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalarining yuksak darajada shakllanganidan dalolat beradi. Shu bilan birga, bu natija institutda olib borilayotgan ta’lim jarayonining amaliyot bilan uzviy bog‘langanini ham tasdiqlaydi.
🎉Institut rahbariyati nomidan jamoa a’zolarini ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaymiz hamda ularga kelgusida yanada yuksak marralarni zabt etishlarini tilaymiz.