BuxDTI matbuot xizmati

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri

“Xavfsiz va sog‘lom yurt1

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri doirasida Buxoro davlat tibbiyot institutida “Davomat” va “Tig‘” nomli maxsus tadbirlar muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar doirasida institut talabalari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, ularga shaxsiy xavfsizlik, ijtimoiy mas’uliyat, jamoat joylarida o‘zini tutish madaniyati, huquqbuzarliklarning oldini olish va fuqarolik burchini anglash borasida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan suhbatlar davomida yoshlar o‘rtasida turli salbiy illatlarga qarshi kurashish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, axloqiy va huquqiy tarbiyani mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi, mas’ullar esa har bir savolga atroflicha javob berishdi. Bu kabi uchrashuvlar talabalarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish, shuningdek, sog‘lom va xavfsiz muhit yaratishda o‘z ulushlarini qo‘shishga undashga xizmat qiladi.