“XII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari” ilmiy amaliy konferensiya
28.10.2023 2023-10-30 11:51“XII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari” ilmiy amaliy konferensiya
26-28-oktyabr kunlari buyuk mutaffakir va alloma dunyoga “Avitsenna” nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Ali ibn Sino faoliyatiga bag‘ishlangan “Abu Ali ibn Sino va sivilizatsiya” mavzusidagi XII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari-ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
Nufuzli anjumanda qatnashish uchun 12 ta davlatdan kelgan 60 ga yaqin olimlar, xalqaro ekspertlar, doktorantlar bir so‘z bilan aytganda ilm ahli ayni damda buyuk zakiy tug‘ilib o‘sgan yurt Buxoro shahriga yetib kelishdi.
Ayni damda Xalqaro tadbir ishtirokchilari Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.






Abu Ali ibn Sino va Sivilizatsiya anjumani ishtirokchilari buyuk zakiy tug’ilib o’sgan yurt Buxoro viloyati Peshku tumani Afshona qishlog’iga yetib kelishdi.
Anjuman ishtirokchilari Abu Ali ibn Sino poyiga gul qo’yishdi. Hamda mutafakkir muzeyiga tashrif buyurdi.






XII Xalqaro Ibn Sino o‘qishlari – “Abu Ali ibn Sino va sivilizatsiya” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilari Buxoro davlat tibbiyot institutiga yetib keldilar.
Ayni paytda tashkilotchilar hamda ommaviy axborot vositalari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.






Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti katta anjumanlar zalida Anjumanning rasmiy ochilish marosimi start oldi.
Tadbirni Ibn Sino Jamoat fondi boshqaruvi raisi N.A.Mahmudov ochib berdi.Tadbirda 20ta davlatdan tashrif buyurgan o’z kasbini mutaxasislari, professorlar hamda doktorantlar ishtirok etishdi.












Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev o’z nutqida “Avvalo Buxoro shahriga xush kelibsizlar! Uzoq yo’l bosib kelganingizdan behat baxtiyormiz. Hammangizni Xalqaro Ibn Sino o’qishlarining ochilish marosimi bilan tabriklayman. Shunday buyuk alloma, yetuk mutaxasis yurtida tug’ulganimdan faxrlanaman” dedi.
Ibn Sino Jamoat fondi boshqaruvi prezidenti N.A.Mahmudovga, Erondan tashrif buyurgan katta delegatsiya, Turkiya delegatsiyasiga hamda boshqa davlat vakillariga alohida minnatdorchilik bildirdi.




