BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya

Xitoy xalq tabobati vakillari Buxoroga tashrif buyurdi

photo_2024-06-27_12-15-07

Xitoy xalq tabobati vakillari Buxoroga tashrif buyurdi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti tibbiyot sohasidagi jahonning bir qator oliygohlari hamda tibbiyot birlashmalari bilan hamkorlik aloqalarini yuritib kelmoqda. Osiyo mintaqasida yirik va har tomonlama rivojlangan Xitoy davlatidagi oliy ta’lim muassasalari bilan ham mustahkam aloqalar oʻrnatilgan boʻlib, ular bilan doimiy akademik almashinuv va birgalikdagi loyihalar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 22 iyun kuni Xitoyning Xinjiang tibbiyot universiteti delegatsiyasi Buxoro davlat tibbiyot institutiga tashrif buyurdi. Mehmonlar O’zbekiston – Xitoy an’anaviy tibbiyot markazi direktori Wang Cheng, uning o’rinbosari Li Yongt hamda doktorlar Xin Сhunguang va Xiermaimaiti Xiaokaiti rektori, Shuhrat Teshayev va prorektor Laziz Niyozov kutib oldi. Uchrashuvda institut hamda uning imkoniyatlari haqida bir qancha maʼlumotlarni oʻrtoqlashdi. Doʻstona boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Bir makon bir yoʻl” dasturiga tayangan holda ikki muassasa oʻrtasida hamkorlik qilishga, xususan, ilmiy almashinuv, qoʻshma laboratoriyalar tashkil etish, qoʻshma zamonaviy texnopark tashkil etish kabi loyihalar ustida kelishib olindi

Xitoylik mehmonlar mamlakatimizda xalq tyabobatini rivojlantirish bo’yicha o’z takliflarini bildirishib, uni amalga oshirishda institut bilan hamkorlik qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilishdi. Shuningdek, institute yer maydonida yetishtirilayotgan dorivor o’simliklarni ko’zdan kechirishdi.

Uchrashuv soʻnggida rektor Sh. Teshayev mehmonlarga Buxoroi Sharif va institut ramzi tushirilgan esdalik sovgʻalarini topshirdi.