XITOYLIK TIBBIYOT VAKILLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI BOG‘LANMOQDA
25.04.2023 2023-04-27 10:28XITOYLIK TIBBIYOT VAKILLARI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI BOG‘LANMOQDA
Mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish negizida tibbiyotga qaratilayotgan ulkan e’tibor samarasi o‘laroq bugun soha yanada rivojlanib, yangi bosqichga ko‘tarilmoqda.

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Xitoy davlatidan tashrif buyurgan oliy toifadagi vrachlarni qabul qildi.
Xorijiy mehmonlar bilan samimiy ruhda kechgan suhbatda bir qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi. Jumladan, chet ellik soha vakillari viloyatda yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlarini amalga oshiradigan mexanizm yaratish, murakkab operatsiyalarni xorijga bormasdan shu yerning o‘zida o‘tkazish taklifini bildirishdi. Institut professor-o‘qituvchilarning Xitoyda malakasini oshirish, viloyatda muutaxassislar va talabalar ishtirokida mahorat darslari tashkil etish masalalariga kelishildi.


Mazkur uchrashuvda Buxoro viloyatida ham kelgusida yuqori texnologik travmatologik va kardiojarrohlik operatsiyalarni rivojlantirish maqsadida bir guruh mutaxassislarni institut mazkur klinikasida malaka oshirishga yuborish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuni takidlash joizki, uchrashuv bir qator kelishuvlar doirasida tibbiyot va tibbiy ta’lim xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish bo‘yicha alohida e’tibor qaratilganligi bilan ahamiyatli bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.